ROSSIYA-O‘ZBEKISTON TA’LIM FORUMI: XALQARO HAMKORLIK YANGI BOSQICHDA

16.11.2021

16–17-noyabr kunlari ta’lim tizimida Rossiya-O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumi Moskva shahrida M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti binosida bo‘lib o‘tadi.

Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi ikki mamlakat o‘rtasida ta’limning barcha bosqichlaridagi hamkorlik masalalari muhokamasi uchun o‘ziga xos platforma vazifasini o‘taydi. Bu yilgi ikkinchi forum kun tartibiga ilmiy sohada ham hamkorlik masalalari kiritilgan.

Tadbirda ikki tomondan oliy, umumiy o‘rta va maktabgacha ta’lim hamda ilm-fan sohalari uchun mas’ul vazirlik va tashkilotlar vakillari ishtirok etadilar. Rossiya tomonidan tadbirning asosiy tashkilotchilari – Ilm-fan va oliy ta’lim vazirligi, M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MDU). O‘zbekiston tomonidan esa forumga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshchilik qilmoqda.

Shuningdek, forumda ishtirok etuvchi O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi mamlakatdagi davlat oliy ta’lim muassasalari va filiallar rektorlaridan iborat.

Tadbirning birinchi kunida yalpi majlis o‘tkazilib, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash, sho‘balardagi chiqishlar va ta’lim, ilm-fan, kadrlar tayyorlash hamda rus tilini o‘qitish masalalari bo‘yicha muhokamalar jarayoni amalga oshiriladi.

Forumning ikkinchi kunida esa O‘zbekiston OTM rektorlari uchun interaktiv seminar tashkil etilib, ular Moskvadagi OTMga tashrif buyuradilar.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + seven =