“ROSSIYA VA OʻZBEKISTONNING FAN VA OLIY TAʼLIM SOHASIDAGI HAMKORLIGI” MAVZUSIDA VIDEOKOʻPRIKDA ISHTIROK ETING

18.07.2024

19-iyul kuni soat 13:00 da “Sputnik Oʻzbekiston” matbuot markazida “Rossiya va Oʻzbekistonning fan va oliy taʼlim sohasidagi hamkorligi” mavzusida videokoʻprik boʻlib oʻtadi.

Muloqotda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev hamda Rossiya Federatsiyasi fan va oliy taʼlim vaziri oʻrinbosari Konstantin Mogilyovskiy ishtirok etadilar.

Videokoʻprik davomida Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari, yaqin kelajakda amalga oshiriladigan loyihalar, Vladivostokda boʻlib oʻtgan IV Rossiya-Oʻzbekiston taʼlim forumining natijalari haqida soʻz boradi.

Mazkur media-tadbirda ishtirok etish istagida boʻlgan jurnalistlar quyidagi raqamga murojaat qilishlarini soʻraladi: +998971907178 (@alisherakimbaev).

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

5 × 2 =