RUMINIYANING O‘ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI ROMEO STANCHIU O’zDJTUGA TASHRIF BUYURDI

19.02.2020

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy mamlakatlar bilan samarali hamkorlik aloqalarini davom ettirmoqda. Hamkorlik aloqalarining davomi sifatida bugun, 19-fevral kuni Ruminiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari O’zDJTUga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ruminiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Romeo Stanchiu, ta’lim masalalari bo‘yicha maslahatchi Leonardo Chernaianu hamda missiya rahbari o‘rinbosari-konsul, madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchi Aleksandru Simbeteanu va O’zDJTU rektori G’.Raximov rahbarligidagi universitet vakillari o’rtasida rasmiy uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda tomonlar:

  • Ruminiyaning yetakchi universitetlari bilan xorijiy tillar va lingvistika, turizm, Yevropashunoslik (European Studies), axborot texnologiyalari (jumladan, masofaviy va onlayn ta’lim) va boshqa sohalarda hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish;
  • mazkur sohalar bo‘yicha talaba, o‘qituvchi va ilmiy tadqiqotchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish (10 ta talaba, 5 ta o‘qituvchi va 3 ta ilmiy tadqiqotchi);
  • birgalikda ilmiy-amaliy loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; o‘quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar almashinuvi;
  • Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturi doirasidagi loyihalarda qatnashish;
  • O‘zDJTU qoshida tashkil etiladigan Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi va Ipak yo‘li tadqiqotlar markazi faoliyatida ishtirok etish;
  • onlayn ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zDJTUda “Masofaviy ta’lim markazi”ni tashkil qilish maqsadida grantlar ajratish kabi masalalar yuzasidan muhokamalar olib bordilar.

Uchrashuvdan so’ng, O’zDJTU asosiy binosining 1-qavatida Ruminiyaning dunyoga mashhur haykaltaroshi Konstantin Brankuzi tomonidan yaratilgan ijod namunalarining fotoko’rgazmasi bo’lib o’tadi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + 20 =