“С.A.T. SCIENCE ACCELERATOR” – ILMIY LOYIHALAR AKSELERATORIGA ARIZALAR QABUL QILINMOQDA

05.02.2020

Dasturda oʻz startap-loyihasini ishga tushirmoqchi boʻlgan olimlar va axborot texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.

Arizalar quyidagi sohalar boʻyicha qabul qilinadi:

  • “yashil” texnologiyalar;
  • diagnostika va biotibbiyot;
  • yangi materiallar ishlab chiqarish;
  • muqobil energiya manbalari;
  • ilm-fanda IT-texnologiyalar;
  • oziq-ovqat bilan bogʻliq texnologiyalar.

Dasturda ishtirokchilar oʻz gʻoyangizni sinovdan oʻtkazib, prototipini yaratadi va biznesni ishga tushirish koʻnikmalariga ega boʻladi. Bundan tashqari, xalqaro mentorlarning maslahatlarini olib, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligidan investitsiyalar olish imkonini qoʻlga kiritadi.

Maʼlumot uchun: Akseleratorga birinchi qabul 2019-yilda o‘tkazilgan va akseleratorning 3 ta startap-loyihasi O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilgan tanlov doirasida umumiy qiymati $200 000 miqdorida investitsiyaga ega bo‘ldi.

Akseleratorga arizalar 2020-yilning 15-fevraliga qadar qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot uchun havola: http://cat-sa.uz/uz/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 2 =