“SAHRO SADOSI” II XALQARO YOSHLAR FESTIVALI O‘TKAZDI

08.10.2024

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida “Sahro sadosi” II Xalqaro yoshlar festivalini o‘tkazdi.

“Yangi O‘zbekistonni birgalikda quramiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tgan festivalda Xorvatiya, Hindiston, Xitoy va qo‘shni mamlakatlardan turizm bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda 1000 ga yaqin talaba yoshlar qamrab olindi.

Ikki kun davomida ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan festival doirasida xorijlik va mahalliy turizm mutaxassislari tomonidan Qoraqalpog‘iston turizmini rivojlantirishga qaratilgan treninglar, talaba-yoshlar ishtirokida rasm chizish ko‘rik-tanlovi, “Baliqdan 99 xil taom” milliy taomlar tanlovi, sport musobaqalari, milliy sport o‘yinlari tadbirlari hamda festival konsert dasturi keng qamrovda o‘tkazildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 + twelve =