SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA FRANSUZ KAMPUSI TAʼLIM MARKAZI OCHILADI

18.02.2022

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetiga Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, Fransuz Kampusi taʼlim markazi direktori Mayeva-Loran Godar tashrif buyurdi.

Samarqand davlat universiteti xalqaro hamkorlik bo‘yicha mutasaddilari Akmal Axatov va Muxtor Nosirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalari, xususan, universitetda Fransuz Kampusi taʼlim markazini ochish yuzasidan fikr almashildi.

Mayeva-Loran Godar Samarqand davlat universiteti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazib, Fransuz Kampusi taʼlim dasturlari, talabalar uchun ajratilgan grantlar va ko‘plab qo‘shma taʼlim dasturlari haqida maʼlumot berdi.

Mayeva-Loran Godar:

Samarqand davlat universiteti qadimiy va nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biridir. Universitetning xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari tobora kengayotgani guvohi bo‘lib turibmiz. Ayniqsa, yoshlarning fransuz tili va madaniyatiga bo‘lgan qiziqishi menda ijobiy taassurot qoldirdi. Samarqand davlat universitetida Fransuz Kampusi taʼlim markazini ochish yuzasidan muzokara olib bordik. O‘ylaymanki, biz ikki tomonlama o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yib, kelgusida samarqandlik talabalarni Fransiyada o‘qishiga imkoniyat yaratamiz.

SamDU filologiya fakulteti talabasi Dilhavas Alimova:

Universitetimizning xalqaro hamkorlik borasida olib borayotgan ishlari tahsinga sazovor. Darslarda xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtiroki taʼminlangan. Ularning universitetimiz haqidagi fikrlari men uchun juda qiziq. Ayniqsa, bugun Fransuz Kampusi taʼlim markazi direktori bilan o‘tkazilgan uchrashuvda Fransiya oliy taʼlim muassasalari talabalarining maʼruzalarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlari menda katta taassurot qoldirdi. Men ham darslarni o‘zlashtirishda mazkur tajribadan foydalanishga harakat qilaman.

Batafsil ma’lumot.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

12 − 9 =