SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETIDA XALQARO TA’LIM DASTURLARI FAKULTETI TASHKIL ETILDI

05.08.2019

Samarqand davlat universitetida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ta’lim beriladigan  Xalqaro ta’lim dasturlari fakulteti tashkil etildi.

Fakultetda quyidagi nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi:

  • Xitoyning Sian Jiaotong va Shansi universitetlari;
  • Janubiy Koreyaning Sunchonxyan universiteti; 
  • Isroilning Xolon texnologiya instituti;
  • Hindistonning Aligarx Muslim universiteti;
  • Germaniyaning Kiyel universiteti;
  • Fransiyaning Injineriya maktabi;
  • Rossiyaning Stankin Moskva Davlat texnologiyalar va Sankt-Peterburg universitetlari.

Fakultetda materialshunoslik, sanoat matematikasi, mexatronika va robototexnika, geografik axborot tizimlari va masofaviy zondlash, muhandislik, axborot texnologiyalari, tarix, maktabgacha ta’lim, psixologiya kabi yo‘nalishlarda mutaxassislar tayyorlanadi. 
                     
Bakalavriatning 1- va 2- bosqichlari va magistraturaning 1-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar keyingi bosqichda xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni davom ettiradilar. Xorijiy universitetlarida o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDU va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama diplomiga ega bo‘ladilar. 

Abituriyentlardan hujjatlar Samarqand davlat universiteti Fizika fakulteti binosining 1-qavatida qabul qilinmoqda. 

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 × пять =