SAMARQANDDA “GLOBAL TA’LIM” FORUMI BO’LIB O’TMOQDA

27.06.2024

“TOP-500” reytingdagi oliygohlar ishtirokidagi Global ta’lim forumi 27-iyun kuni Samarqand shahridagi Boqiy shahar majmuasida hamda 28–29-iyun kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

“Global taʼlim forumi”ni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov ochib berdi.

Ushbu forum, dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyurgan 400 nafardan ortiq vakillarini, shu jumladan 250 nafar yosh talabalar va tadqiqotchi olimlarni, yetakchi jahon ekspertlari, akademik liderlar va turli davlatlar vakillarini birlashtirmoqda.

– Biz jadal surʼatlarda rivojlanayotgan dunyo chaqiriqlariga tayyor boʻlishimiz va taʼlim tizimini takomillashtirish boʻyicha faol izlanishimiz kerak. Albatta, bunda mamlakatlar oʻrtasida hamkorlik va madaniy aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etadi, – dedi S. Buzrukxonov.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

1 + 2 =