SAMARQANDDA KONFUTSIY INSTITUTI TASHKIL ETILGANLIGINING 10 YILLIGI TANTANALI NISHONLANDI

09.07.2024

Samarqand davlat chet tillar instituti qoshida Konfutsiy Instituti tashkil etilganligining 10 yilligi tantanali nishonlandi.

Shu munosabat bilan Xitoy Xalq Respublikasining ta’lim vaziri janob Huai Jinpeng hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti prezidenti Li Yansonglar boshchiligidagi delegatsiya institutga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonlar uchun institutda xitoy tilini o’rganayotgan talabalar tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Unda talabalarning xitoy tilidagi badiiy chiqishlari ishtirokchilarga havola etildi.

Ma’lumot uchun, institutda bugungi kunda 6 nafar xitoylik malakali mutaxassislar turli yoshdagi 150 nafar tinglovchilarga xitoy tili va madaniyatini o‘rgatishmoqda.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two + 11 =