SamDCHTIDA “ENG YAXSHI BITIRUV MALAKAVIY ISH” NOMLI ONLAYN TANLOV O‘TKAZILDI

25.06.2020

Kuni kecha Samarqand davlat chet tillar institutining Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  taʼlim  yo‘nalishida  tahsil  oladigan bitiruvchi talabalarning bitiruv  malakaviy  ishi  himoyasi  bo‘lib  o‘tdi.  

Fransuz  tili  va adabiyoti  kafedrasida bir  necha  yildan buyon  anʼana  tusiga  aylangan metod,  yaʼni talabalar o‘z kurs  ishidan  boshlagan  ilmiy  tadqiqot  ishlarini BMI va hatto magistrlik  dissertatsiyasi  darajasida  davom  ettirishi  yoshlar  orasida  ilmga  bo‘lgan  qiziqishni oshirishga  hamda  ilmiy-tadqiqot  bosqichlarida uzviylik bo‘lishini  taʼminlashga  yordam  beradi, – deb  taʼkidladi kafedra  mudiri, dotsent N.Suvonova. 

Shu bilan  birga, fakultet dekani  B.Primov talabalar  tomonidan  bitiruv  malakaviy  ishining ilmiy  va amaliy natijasi  sifatida ko‘plab  ilmiy  maqola  va tezislar hamda uslubiy  ishlanma, tavsiyanoma, lug‘at kabilarning    yaratilganligi   ilmiy-tadqiqotlarning  ishlab  chiqarishga  joriy  etishning bir  namunasi  ekanligini  qayd  etdi. 

Bitiruvchilarning  mazkur innovatsion  amaliy  mahsulotlari   himoya  taqdimotlari bilan birgalikda Yakuniy davlat  attestatsiyasi komissiyasi  eʼtiboriga  havola  qilindi. BMI  himoyasi  nihoyasida Filologiya  va tillarni o‘qitish (fransuz tili)  taʼlim  yo‘nalishi  bo‘yicha YDA Komissiyasi Fransuz tili  va adabiyoti kafedrasi tomonidan  tashkil etilgan “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish” tanlovi nominatsiyalarining sovrindorlarini aniqlashga  yordam  berdi.  YDA  Komissiyasi xulosasiga  ko‘ra:

  • Suvonov Bexruz – pragmatika  sohasidagi ilmiy  izlanishlari uchun “Eng  yaxshi bitiruv  malakaviy  ish muallifi” nominatsiyasiga;
  • Adilova Marjona  –  fransuz tilidagi  namunali oratorlik nutqi uchun  “ Eng yaxshi notiq” nominatsiyasiga;
  • Fayzullayev  Xurshid  –  fransuz  va o‘zbek tili rasmiy  uslubining qiyosiy  tahlili   bo‘yicha olib borgan ilmiy izlanishi uchun  “Eng  qiziqarli mavzu muallifi”  nominatsiyasiga;
  • Muxtorov  Muslimbek –  turizm  terminologiyasining tasnifiy  tendensiyalari  mavzusi bilan “Eng dolzarb mavzu muallifi”   nominatsiyasiga;
  • Allaxverdova  Angelina – o‘zining  BMI  taqdimoti orqali “Eng namunali taqdimot muallifi”   nominatsiyasiga  sazovor bo‘ldi  va ular  faxriy  yorliqlar  bilan  taqdirlandi.

Shuningdek,  ushbu  yosh  romanist olimlarning ilmga  bo‘lgan  ishtiyoqini  yanada  oshirish  maqsadida  har bir nominatsiya  g‘oliblariga  “Filologiya  ilmining dolzarb masalalari”  ilmiy  maqolalar  to‘plamining  yangi  nashri  sovg‘a  qilindi.   Faxriy  yorliq  va  sovg‘alar  himoyaning  onlayn  tarzda  o‘tganligi sababli  ilmiy  rahbarlarga  taqdim  qilindi.

Bunday  rag‘bat,  albatta, bitiruvchi talabalarni kelgusida magistrlik  dissertatsiyalari ustida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan  yanada chuqurroq  shug‘ullanishga  undaydi  va  ilm-fan  ravnaqiga  munosib  hissa  qo‘sha  oladi.

SamDCHTI Fransuz  tili  yo‘nalishi
I bosqich talabasi  Ozoda ISLAMOVA

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

один × 2 =