SamDCHTINING FRANSUZ TILI BILIMDONLARI RESPUBLIKADA G’OLIB BO’LISHDI

19.07.2020

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi 176-son Qaroriga muvofiq, oliy ta’lim muassasalari talabalarini gumanitar, tabiiy, ilmiy va umumkasbiy fanlar bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, iste’dodlarini ro’yobga chiqarishga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida Oliy ta’lim muassasalari talabalari Respublika online fan olimpiadasi tashkil etildi. An’anaviy Respublika fan olimpiadalari ilk bora masofadan turib online tarzida o’tkazildi.

Ushbu  olimpiadada Samarqand davlat  chet tillar institutining fransuz  tili  bilimdonlari o’z  iqtidorini  namoyon  qildi  va natijada    bir  yo’la  3ta  faxrli  o’rinni  qo’lga  kiritishdi:

Bu talabalarni  olimpiadaga tayyorlashda o’z vaqti va mehnatini ayamagan institutning “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi o’qituvchilari Po’latova Nigina  va Yusupova Muhabbat hamda  ularni doimo  amaliy jihatdan qo’llab-quvvatlab kelgan kafedra mudiri, dotsent Suvonova Nigorabonularning mehnatini  alohida qayd  etish  lozim.  

Iqtidorli  talabalarga “Balli  fransuz  tili  bilimdonlari! deb  qolamiz.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

6 − three =