“SCAFFOLD” METODIKALARIDAN FOYDALANISH BOʻYICHA MINTAQAVIY OʻQUV SEMINAR TASHKILLASHTIRILDI
20.09.2024Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyoda salohiyatli yoshlar uchun muloqot va amaliy harakatlar (DARYA) loyihasi bilan hamkorlikda joriy yilning 19-sentyabr kuni “SCAFFOLD” metodikalaridan foydalanish boʻyicha mintaqaviy oʻquv seminar oʻtkazildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida tashkil etilgan mazkur seminarda oliy, professional, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari hamda monomarkazlarning 100 nafarga yaqin pedagog kadrlari ishtirok etdi.
“SCAFFOLD” metodikalari Yevropa standartlari asosida ishlab chiqilgan boʻlib, oʻquv jarayonlarini tashkil etishni rivojlantirish va mavzularni oʻquvchilar tomonidan oson oʻzlashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, mazkur metodikalar o‘quvchilarda Tadbirkorlik koʻnikmalari (EntreComp), Hayotiy koʻnikmalar (LifeComp), Yashil koʻnikmalar (GreenComp) va Raqamli koʻnikmalar (Digcomp)ini shakllantirishga xizmat qiladi.
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.