“SCOPUS” XALQARO MA’LUMOTLAR BAZASIDAGI JURNALLARDA MAQOLA CHOP ETGAN BIR GURUH OLIMLAR TAQDIRLANDI

06.12.2023

6-dekabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi milliy obunasiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov, “Elsevier” kompaniyasining mintaqaviy rahbarlari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashishdi. Shuningdek, oliy ta’lim hamda ilmiy tashkilotlar mas’ullari, 200 ga yaqin ta’lim sohasi mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etdilar.

So‘zga chiqqanlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari xalqaro reytinglardagi natijalarini yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlarni e’tirof etib, kelgusida QS, TNE xalqaro reyting agentliklari ro‘yxatiga kiritish reja qilingan 10 ta oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik faoliyati, ilmiy pedagoglarning “Scopus” xalqaro ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda maqolalar chop etishdagi holatini tahlil qildilar. 

“Elsevier”ning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mintaqaviy direktori Damir Raxmetov olimning raqamli profili va undan samarali foydalanish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi.

So‘ng “Scopus” xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar nashr etish bo‘yicha eng yuqori natijalarga erishgan oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlar, olimlarni taqdirlash – “Scopus Awards” marosimi tashkil etildi.

Unda qator ilmiy tashkilotlar “Ilmiy-tadqiqotlarning ijtimoiy ta’siri” yo‘nalishida, bir guruh olimlar esa yakka tartibda taqdirlanishdi.

1. “TIQXMMI” MTU (Tabiiy fanlar, muhandislik va texnologiyalar, qishloq xo‘jaligi fanlari)
2. Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti (Tibbiy fanlar)
3. Virusologiya ilmiy tadqiqot instituti (Tibbiy fanlar)
4. Toshkent shahridagi xalqaro Vestminster universiteti (Ijtimoiy fanlar)
5. Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz (Gumanitar fanlar)
6. O‘zbekiston milliy universiteti (OAV ta’siri)

1. Abdusaid Isakov (Yer va planetalar haqidagi fanlar) – “TIQXMMI” MTU
2. Ernazar Repnazarov (Qaror qabul qilish to‘g‘risidagi fanlar) – Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
3. Olimjon Toirov (Energetika) – TDTU
4. Abdusaid Isakov (Atrof-muhit to‘g‘risidagi fanlar) – “TIQXMMI” MTU 
5. Elmurat Toreniyazov (Farmakologiya, toksikologiya va  farmasevtika) – Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, TDAU
6. Tursun Yuldoshev (Matematika) – TDIU, O‘zMU
7. Behzod Yuldashev (Fizika va astronomiya) – FA Yadro fizikasi instituti 
8. Raufxon Salaxodjaev (Tadbirkorlik, menejment va buxgalteriya hisobi) – TDIU
9. Ernazar Repnazarov (Informatika) – Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
10. Gandjaboy Boltaev (Materialshunoslik) – U.A.Arifov nomidagi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.