SHARQSHUNOSLIK INSTITUTIDA YAPONSHUNOSLIK FAKULTETI OCHILADI

28.11.2019
Шарқшунослик институтида японшунослик факультети очилади

Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar qildi. Unga ko‘ra, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining sobiq rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Abdurahim Mannonov Yaponiya tashqi ishlar vazirining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlangan. Uning tashabbusi bilan mazkur oliygoh bilan Yaponiyaning Sukuba, Vaseda, Xosey, Gayday, Sofiya, Aichi hamda Tokio xorijiy tillar universiteti o‘rtasida mustahkam aloqalar yo‘lga qo‘yilgan.

“Bugungi kunda mamlakatimizning turli darajadagi 15 ta o‘quv yurtida 1 ming 700 dan ziyod yosh ushbu tilni o‘rganmoqda. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti yetakchi o‘rinni egallaydi. Masalan, yapon tilida notiqlik san’ati bo‘yicha 27-respublika tanlovida mazkur oliy o‘quv yurti talabasi g‘olib bo‘ldi. Yaqinda institutning yapon filologiyasi kafedrasi negizida yaponshunoslik fakulteti ochish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

Manba: human.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + twelve =