SHAVKAT MIRZIYOYEV O‘ZBEKISTON PREZIDENTI SIFATIDA QASAMYOD QILDI

06.11.2021

Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi 6-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Inauguratsiya marosimi Oliy Majlis Senatining yangi binosida bo‘lib o‘tdi.

Majlisni Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ochib berdi. MSK raisi O‘zbekistonning saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga Prezident guvohnomasi va Markaziy saylov komissiyasining shahodatnomasini topshirgan.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi va Qur’oni Karimga qo‘l qo‘ygan holda qasamyod qildi.

O‘zbekistonda 24-oktabr kuni prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Mamlakat bo‘ylab ochilgan 10 mingdan ortiq saylov uchastkalari soat 08:00 dan 20:00 ga qadar saylovchilarni qabul qildi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, saylovda jami ro‘yxatga olingan saylovchilarning 80,8 foizi ovoz bergan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

14 − 6 =