Shekspir pyesalarining muallifi kim?

11.07.2019

To’liq dars: http://ed.ted.com/lessons/did-shakespeare-write-his-plays-natalya-st-clair-and-aaron-williams

Ba’zi insonlar Shekspir rostan ham barcha asarlarini o’zi yozganmi, o’zi umuman mavjud bo’lganmi degan savollarga yuzlanishadi. Buyuk ingliz yozuvchisi o’ylab topilgan bo’lishi mumkinmi, xuddi o’z pyesalari singari? Natalya Sent-Kler va Aaron Uilyams qanday qilib stilometrik lingvistik metod orqali bu savollarga javob topish mumkinlgini ko’rsatishadi.

Manba:
https://ed.ted.com/

Uzbek Subtitles:

0:07 – 0:09 «Kimlardir buyuk bo’lib tug’iladi,

0:09 – 0:11 kimlardir buyuklikka erishadi,

0:11 – 0:16 boshqalarga esa bu taqdim etiladi» — Uilyam Shekspir

0:16 – 0:17 Yoki bu uning so’zlarimasmi?

0:17 – 0:22 Ba’zilar Shekspir asarlarni o’zi yozganligi borasida shubhalanishadi.

0:22 – 0:25 Ba’zilar hattoki uning yashaganligiga shubha bilan qilishadi.

0:25 – 0:29 Ularning fikricha, Shekspir bu boshqa bir yozuvchining tahallusi,

0:29 – 0:30 yoki bir guruh yozuvchilardir.

0:30 – 0:32 Bu nomga kandidatlar orasida esa

0:32 – 0:38 ko’plab mashhur dramaturglar, siyosatchilar va bir necha ayollar bor.

0:38 – 0:41 Buyuk ingliz yozuvchisi o’z asarlariga o’xshab

0:41 – 0:45 o’ylab topilgan bo’lishi mumkinmi?

0:45 – 0:48 Ko’pchilik shekspirchilar bu teoriyalarni inkor etadi,

0:48 – 0:51 tarixiy va biografik ma’lumotlarga asoslangan holda.

0:51 – 0:56 Lekin shekspircha parchalarni rostan ham boshqa yozuvchilar tomonidan yozilgan-yozilmaganligini

0:56 – 0:59 aniqlashning boshqa bir yo’li ham bor.

0:59 – 1:01 Lingvistika bu til haqidagi fan,

1:01 – 1:04 bizga qanday muloqot qilishimiz, qanday yozishimiz haqida ko’p ma’lumot berishi mumkin.

1:04 – 1:10 Sintaksis, grammatika, semantika va leksika yordamida.

1:10 – 1:11 XIX asr oxirida

1:11 – 1:15 polyak faylasufi Vinsenti Lyutoslavskiy

1:15 – 1:18 stilometriya deb nomlanadigan mashhur metodni ishlab chiqadi,

1:18 – 1:23 va uni adabiyotda mualliflik huquqi bo’yicha muammolarni hal qilish uchun qo’llaydi.

1:23 – 1:25 Stilometriyaning asl mazmuni nimada?

1:25 – 1:29 Uning g’oyasi shundaki, har bir muallifning o’z uslubi, ajralib turadigan jihatlari mavjud

1:29 – 1:34 va ularni bitta muallifning alohida asarlarida ham kuzatish mumkin.

1:34 – 1:37 Masalan, gapning o’rtacha uzunligi, davomiyligi,

1:37 – 1:39 so’zlar joylashuvi

1:39 – 1:42 va hattoki aniq bir so’zlarning ishlatilish chastotasi.

1:42 – 1:48 Misol uchun, «sen» olmoshini olsak, va uni markaz, o’q deb tasavvur qilsak.

1:48 – 1:51 Shekspirning har bir asarini bu o’qning ishlatilish chastotasidan kelib chiqqan holda

1:51 – 1:55 belgilab chiqish mumkin.

1:55 – 1:57 Statistikada bunday o’qlarning yig’ilishi

1:57 – 2:00 bizga dispersiya deb ataluvchi

2:00 – 2:02 ehtimolli ma’lumotlar diapazonini beradi.

2:02 – 2:05 Lekin bu xali hammasi emas.

2:05 – 2:08 Jarayon juda chuqur analizni taqazo etadi.

2:08 – 2:10 Bunday guruhlashtirish metodi

2:10 – 2:11 ya’ni asosiy qismlarni analiz qilish yordamida

2:11 – 2:14 biz oddiy qismlar bilan birikadigan katta hajmdagi

2:14 – 2:16 ma’lumotlarni birlashitirishimiz mumkin,

2:16 – 2:20 bularning barchasi esa Shekspirning ishlarida dispersiyani tashkil etadi.

2:20 – 2:22 Biz endi kandidatlarimiz asarlarini tekshirib chiqishimiz mumkin.

2:22 – 2:25 Yuqoridagi komponentlar bo’yicha,

2:25 – 2:26 masalan,

2:26 – 2:28 agar Frensis Bekonning ko’pchilik asarlari

2:28 – 2:30 shekspircha dispersiyaga yaqin kelsa,

2:30 – 2:32 bu Frensis Bekon va Uilyam Shekspir aslida

2:32 – 2:37 bitta inson deyish uchun asosli bo’lar edi.

2:37 – 2:39 Natijalar nimani ko’rsatdi?

2:39 – 2:42 Tadqiqot olib borgan stilometristlar, aniqlashdiki,

2:42 – 2:47 Shekspir boshqa bir inson emas.

2:47 – 2:49 Daho — daholigicha qoldi.

2:49 – 2:54 Kandidatlarning uslubi Shekspirning maxsus stiliga yaqin ham kelgani yo’q.

2:54 – 2:58 Undan tashqari, statistiklar shuni aniqlashdiki,

2:58 – 3:01 birga qilingan ishlar ham bo’lgan.

3:01 – 3:03 Masalan, yaqinda bitta tadqiqot shuni ko’rsatdiki,

3:03 – 3:08 Shekspir dramaturg Kristofer Marlo bilan birga ishlagan,

3:08 – 3:11 aniqrog’i, «Genrix VI» pyesasining I-II qismlarida.

3:11 – 3:13 Shekspir shaxsi esa stilometriya hal qila oladigan

3:13 – 3:16 ko’pchilik savollardan bittasidir.

3:16 – 3:18 U asarning qachon yozilgan ekanligini aniqlay oladi.

3:18 – 3:21 Yoki soxta yoki soxta emasligini,

3:21 – 3:24 plagiat bo’lgan bo’lmaganligini,

3:24 – 3:29 siz hozirgina qabul qilgan e-mail muhimlik darajasini yoki spam emasligini aniqlay oladi.

3:29 – 3:31 Shekspirning abadiy poeziyasi faqat sonlar

3:31 – 3:34 va statistikaga bog’liq bo’lib qoladimi?

3:34 – 3:36 Unchalik emas.

3:36 – 3:38 Stilometrik analiz shuni ko’rsatishi mumkinki,

3:38 – 3:41 Shekspir asarlarini aynan nima nodir asar qiladi,

3:41 – 3:45 lekin u tuyg’u va hissiyotlarning go’zalligini yoki

3:45 – 3:48 ular nega bizga ta’sir etishi faktini o’rnatib bera olmaydi.

3:48 – 3:51 U buni uddalay olmaydi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

five × three =