SHVEYSARIYANING ETH ZURICH UNIVERSITETI TALABALAR UCHUN GRANT DASTURINI TAKLIF QILMOQDA

17.08.2020 226

Muddati: 2020 yil 15 dekabr

Grant: to‘liq va qisman stipendiya

Qachon: har yili

Qayerda: Syurix, Shveysariya

ETH Zurich universiteti eng yaxshi talabalarni magistrlik dasturlaridan biriga qatnashishga taklif qiladi:

  • Excellence Scholarship & Opportunity Programme (ESOP). Ushbu stipendiya yashash va o‘qish xarajatlari (bir semestr uchun 11000 CHF) va universitetning qo‘shimcha to‘lovlarini o‘z ichiga olgan grantdan iborat.
  • Master Scholarship Programme (MSP). Grant to‘lovning qisman to‘lovi (bir semestr uchun 6000 CHF) va turar joydan iborat. Universitet semestr uchun qo‘shimcha ravishda 1500 – 3000 CHF ajratishi mumkin yoki talabaga ikkinchi semestrdan oyiga 600 CHF maosh bilan yordamchi lavozimini egallashni taklif qilishi mumkin.

Talaba magistratura dasturida o‘qishni boshlaganidan boshlab stipendiya oladi va stipendiya magistratura dasturidagi butun o‘qish davri uchun to‘lanadi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Ushbu stipendiya ETH Zurich universiteti talabalari va xalqaro talabalar uchun ochiqdir.

2. Faqatgina bakalavr diplomini tamomlagan va bitiruvchilardan eng yaxshi talaba bo‘lgan 10% talabalar stipendiya olish uchun ariza topshirishlari mumkin.

3. Bir vaqtning o‘zida ETH Zurich universitetida ham stipendiya dasturlariga, ham magistraturaga kirish uchun ariza topshirish mumkin.

Hujjatlar:

* ariza;

* motivatsion xat;

* Diplom ishi mavzusi bo‘yicha taklif:
(https://ethz.ch/content/dam/ethz/main/education/finanzielles/Guidelines_Preproposal.pdf);

* Ikkita tavsiyanoma.

Barcha savollarni ingliz tilida studienfinanzierung@sts.ethz.ch elektron manziliga yuborish mumkin.

Dasturlar haqida batafsil ma’lumot:
https://www.ethz.ch/students/en/studies/financial/scholarships/excellencescholarship.html

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Mumtoza Maxmudova
    #1 Mumtoza Maxmudova 17 Noyabr, 2020, 23:14

    I also want to apply for how I can get in touch with you?

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.