SILESIYA UNIVERSITETI BILAN QATOR KELISHUVLARGA ERISHILDI

26.12.2023

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti vakillari Polshaning Katovitse shahrida joylashgan Silesiya universiteti rektori, shuningdek, polyak tili va madaniyati Markazi vakillari bilan uchrashdi.

Muzokaralar mobaynida oʻzbekistonlik hamda polshalik professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Polshaning NAWA dasturi asosida polyak tilini oʻrganayotgan oʻzbek yoshlarining Katovitse shahrida tahsil olishini taʼminlash, oʻzaro hamkorlikda seminar-treninglar, mahorat darslari, vebinarlar tashkil etishga kelishib olindi.

Shuningdek, 2024 yilda Silesiya universiteti rektori boshchiligida polshalik professorlardan tashkil topgan delegatsiyaning mamlakatimizga tashrifi rejalashtirilmoqda. Mazkur tashrif doirasida universitetning Madaniyatlararo kommunikatsiyaning lingvistik taʼminoti kafedrasi qoshida Polyak tili va madaniyati markazi tashkil etiladi.