SIZ BILISHINGIZ KERAK BO’LGAN G’AROYIB FRANSUZ ODATLARI

24.03.2021

Fransuzlar baget (baton non), pichoq va mushuklarni o’z ichiga olgan sizni kulishga majbur qiladigan g’alati odatlarga ega! Quyida siz eng qiziqarli 12 odat bilan tanishishingiz mumkin.

1. 13-juma omadsiz kun.

Ba’zilar bu irimni xochga mixlanishidan bir kun oldin 13 kishi qatnashgan muqaddas jum’a kunidagi oxirgi kechki ovqatdan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Boshqalar bo’lsa, bu XIV asrda Fransiyada 13-juma kuni yuzlab Templar ritsarlari hibsga olinganidan kelib chiqqan, deb o’ylashadi. Hozir bu ularning ongiga qat’iy singib ketgan va hattoki o’zining fobiya (biror narsadan sababsiz qo’rqish) nomi – paraskavedekatriafobiyaga (13-jumadan qo’rqish) ega. Aslini olganda, 13-juma kuni parvozlar ancha arzonlashadi, chunki odamlar yilning eng omadsiz kunida uchishni istamaydilar va bu kunda turmush qurish ham arzon! Shuningdek, fransuzlar 13-juma kuni Fransiyada bo’lib o’tadigan an’anaviy lotereya tirajida omadga umid qiladilar.

2. Hech qachon baget (baton non) yoki non bo’lagini stol ustiga teskari tomoni bilan qo’ymang.

Agar shunday qilsangiz, siz uyga ochlikni chaqirgan bo’lasiz. Folklorga (xalq rivoyatlari) ko’ra, bu odat tufayli jallodlarga do’konlardan narsalarni bir qo’li bilan pul to’lamasdan tortib olishga ruxsat berilgan va shuning uchun novvoylar ular uchun bir burda nonni teskari qo’yib qo’yishgan paytlardan kelib chiqqan.

3. Qora mushuklardan nariroq keting!

Agar ulardan biri kechasi sizning yo’lingizni kesib o’tgan bo’lsa, unda omadsizlik sizning oldingizga keladi. Mushuklar bilan bog’liq irim-sirimlardan yana biri shuki, mushukni olib ketadigan oqimdan hech qachon o’tmang (shuningdek, omadsizlikni keltirib chiqaradi).

4. Agar siz yangi uyga ko’chayotgan bo’lsangiz, dastlab stolni olib ketishni unutmang, sababi u omad keltiradi.

5. Uyga omad keltirishning boshqa yo’li eshik tepasiga taqa osish. Fransiyada bo’lsa, uni teskari (U shaklida emas) osib qo’yish omad belgisi sanaladi.

6. Agar siz fransuz uyida kechki ovqat uyushtirsangiz, mehmonlar ro’yxatini diqqat bilan ko’rib chiqing, chunki 13 kishi stol atrofida o’tirishi omadsizlik keltirishi mumkin.

7. Stolga tuz to’kilmasligi uchun ehtiyotkor bo’ling, chunki bu omadsizlikka olib keladi.

Shunga qaramay, bu oxirgi kechki ovqat va xususan, bu irimni Leonardo da Vinchining mashhur Yahudo qozondagi tuzni ag’darib tashlaganligi aks etgan rasmi bilan bog’liq, deb o’ylashadi.

8. Tost (non uchun maxsus texnika vositasi – tosterda qizartirish) jarayonida va stakanlarni urishtirayotganda o’zingizni boshqa odam ko’ziga qaramaslikka undang. Yo’qsa, bu 7 yillik omadsiz muhabbatga sabab bo’ladi.

9. Xrizantemalar guldastasini hech kimga bermang — xrizantemalar berish omadsizlik olib keladi, deb aytishadi.

10. Pichoqlar bu — Fransiyadagi yana bir yomon sovg’a g’oyasi — pichoqni sovg’a qilish do’stlikni to’xtatmoqchi ekanligingizni anglatadi. Shuni hisobga olib, avval do’stlaringizdan tangalarni to’lov sifatida qabul qilib, keyin ularga pichoqlarni berib, do’stligingizni davom ettirishingiz mumkin.

11. Butun yilingizga omad olib kirish uchun ayol kishi Yangi yil kechasida no’xat nuqta gulli ko’ylak kiyishi kerak.

12. Cherkovda ibodat shamini yoqayotganda, uni har doim gugurtda yoki zajigalkada yoqing, hech qachon boshqa shamdan foydalanmang. Agar shunday qilsangiz, barcha istaklaringiz va ezgu irodangiz birinchi sham yoqqan kishiga o’tib ketadi.

Emma Roul maqolasi Complete France saytidan olindi.

Nuriyaxonim Ulug’bek qizi tarjimasi,
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

one × five =