SLOVAKIYADA MILLIY STIPENDIYA DASTURI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

12.08.2019

Slovakiya Respublikasi Milliy stipendiya dasturi doirasida tanlovga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qilmoqda.  2019/2020 o’quv yilining yozgi semestrida Slovakiyada o’qish, tadqiqot qilish va o’qitish uchun tanlovda O’zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalari, doktorantlar va o’qituvchilar qatnashishlari mumkin.

Grant olish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati – 2019-yil 31 oktyabr.

Arizalar onlayn tarzda quyidagi havolalar orqali topshiriladi: scholarships.sk yoki stipendia.sk

Ma’lumot o’rnida, Slovakiya Respublikasining milliy stipendiya dasturi Slovakiya oliy o’quv yurtlari va Slovakiya ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida amaliyot o’tash uchun xorijiy talabalar, aspirantlar, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

16 + 1 =