“STARTAP-TASHABBUSLARI” TANLOVI – O‘Z G‘OYANGIZNI AMALGA OSHIRING!

08.10.2019

Yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini yanada yahshilash, ularning innovatsion g‘oyalari va biznes loyihalarini qo‘llab quvvatlash, yoshlarni, akademik litsey, kasb-xunar kollejlari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida “Startap-tashabbuslari” yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturining to‘rtinchi davri amalga oshiriladi.

Qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun tashabbuskor va izlanuvchan yoshlar, tadbirkorlar, ixtirochilar, oliy ta’lim muassasalari talabalari, akademik litsey hamda kasb-xunar kollejlari bitiruvchilari taklif etiladilar.

Eng muvaffaqiyatli loyihalar jamoalari rag‘batlantiruvchi sovg‘alar hamda 50 million so‘mgacha maqsadli beg‘araz pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 13-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Batafsil: http://startup.mehnat.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

fifteen − thirteen =