SUKUBA UNIVERSITETIDAN STIPENDIYA DASTURI

15.02.2021

Muddati: 2021-yil, 1-mart
Mamlakat: Yaponiya

Sukuba universiteti “Yaponiya va Yevroosiyo Tadqiqotlari Bo‘yicha Maxsus Dastur” (SPJES) da ishtirok etish uchun tanlov e’lon qildi.

Dasturning maqsadi – inson resurslarini rivojlantirish Markaziy Osiyo mintaqasida “barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)” ga erishish uchun ko‘maklashishdan iboratdir.

Tanlovdan o‘tgan nomzodlarga Nippon Foundation stipendiyasi (yiliga jami 10 ta stipendiya) taqdim etiladi, bu esa barcha havo safarlari, Yaponiyadagi ta’lim va yashash xarajatlarini qoplaydi (oyiga 117 ming yen, 1,1 $ ming dollardan ortiq). Ta’lim ingliz tilida bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi mezonlarga javob beradigan har qanday O‘zbekiston fuqarosi ishtirok etishi mumkin:
– nomzod 2-aprel 1985-yil yoki undan keyin tug‘ilgan bo‘lishi kerak;
– nomzod bakalavr darajasiga ega bo‘lishi lozim (16 yillik ta’lim);
– nomzod ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi TOEFL yoki IELTS bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘lishi kerak.

Dastur Sukuba universiteti biznes, gumanitar va ijtimoiy fanlar Oliy maktabi tomonidan targ‘ib qilinadi. Dasturning o‘quv rejasi JICA, BMT, OTB va davlat idoralari tomonidan olib borilgan seminarlar, qo‘shma tadqiqot loyihalari asosida kollokviumlar va yapon kompaniyalarida amaliyotlarni o‘z ichiga oladi.
Dasturning davomiyligi – 1,5 yil. Bitiruvchilarga magistrlik darajasi beriladi. Dastur bitiruvchilari hukumat, akademik va tadqiqot muassasalari, BMT agentliklari va biznes tashkilotlarida ishga joylashishda imkoniyatlari yuqori bo‘ladi.

Arizalarni topshirishning oxirgi muddati 2021-yil 1-martga qadar uzaytirildi, stipendiya haqidagi broshyura va ariza shakli havola orqali taqdim etiladi: http://www.chiiki.tsukuba.ac.jp/spca/news-events/news-events.html

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × five =