O‘zDJTU VA MALAYZIYANING SULTON IDRIS PEDAGOGIKA UNIVERSITETI HAMKORLIKNI KENGAYTIRMOQDA

21.05.2019

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik borasida ko’plab yutuqlarga erishmoqda. Mazkur universitet dunyoning bir qancha mamlakatlari bilan ta’lim, fan va madaniyat borasida keng hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’ygan.

Ushbu hamkorlikning uzviy davomi sifatida bugun, 21-may kuni O’zDJTUga tashrif buyurgan  Malayziyaning Sulton Idris pedagogika universiteti delegatsiyasi a’zolari bilan universitet rahbariyatining olib borayotgan muzokaralarini keltirish mumkin.

Mehmonlar janob Sasigaran Moneyam (Xorijiy tillar markazi direktori), Diana Jumadi xonim (Malay tili bo‘limi boshlig‘i), janob Muxammad Faviz Bakri (Malay tili kurslari koordinatori) O’zDJTU rektori G’anisher Raximov rahbarligidagi universitet vakillari bilan uchrashdilar.

Suhbat davomida quyidagi masalalar ko’rib chiqildi:

  • Sultan Idris ta’lim universiteti tomonidan taklif etiladigan qisqa/uzoq muddatli til kurslari, o‘quv dasturlari muhokamasi;
  • Sultan Idris ta’lim universitetida o‘zbek va rus tillarini o‘qitish; 
  • xalqaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

3 × 4 =