SUN’IY INTELLEKT DAVRIDA MARKAZIY OSIYODA KOREYSSHUNOSLIKNING O’RNI VA ISTIQBOLLARI KONFERENSIYASI O’TKAZILDI

27.06.2024

Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida Markaziy Osiyo koreyashunoslik o’qituvchilari assosiasiyasi tashkilotchiligida “Sun’iy intellekt davrida Markaziy Osiyoda koreysshunoslikning o’rni va istiqbollari” mavzusidagi 12-Markaziy Osiyo xalqaro ilmiy anjumani o’tqazildi. Mazkur xalqaro konferentsiyada O’zDJTU Sharq filologiya fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasining bir gurux professor o’qituvchi va magistrlari qatnashishdi.

Konferentsiyada 2020 yildagi global koronavirus pandemiyasi paydo bo’lganidan beri ijtimoiy-madaniy sohada chuqur o’zgarishlarning ta’lim sohasidagi aks etishi masalariga qaratildi. Ya’ni Sun’iy intellekt davrida Markaziy Osiyoda koreysshunoslikning o’rni va istiqbollari masalalari maskur xalqaro anjumanning ustuvor yo’nalishi bo’ldi.

Konferensiya natijalari ushbu davrlarning muayyan bosqichlarida ta’limning raqamlashishsiga nafaqat moslashishga intilishi, balki yangi ilmiy qarashlar va innovatsion yechimlarni taklif qilish doirasida ilmiy tavsiya va yechimlarda o’z ifodasini topdi.

Olmaotadagi (Almaty) xalqaro konferensiyada Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti, O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Abay nomidagi QazNPU, Erjies universiteti, Turkiya, Nazarboyev universiteti, Chonnam Universiteti, Chonbuk Universiteti, Markaziy Osiyodagi Koreya instituti, Bishkek davlat universiteti, Moskva oliy iqtisodiyot maktabi, Berdax nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qirg’iziston tillar va madaniyat instituti, Yonse universiteti, Songoghue universiteti kabi oliy ta’lim muassasalaridan vakillar qatnashdi.

Konferensiyada O’zDJTU Sharq filologiyasi fakulteti “Koreys filologiyasi” kafedrasi o’qituvchisi Sobirov Elbek Davron o’g’li “Influence of AI to Educate Korean Language to Young Learners: As a Focus to Interactive Teaching” ma’vzusida ma’ruza qilib, xalqaro konferensiyasida maxsus sertifikat bilan taqdirlandi. Shuningdek, mazkur anjumanda O’zDJTU Sharq filologiyasi fakultetining yosh olim o’q’ituvchilari sho’balararo tashkil qilingan baxs munozlarda faol ishtirok etishdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + twelve =