TALABALAR UCHUN ESSELAR TANLOVI

02.12.2022

Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar Instituti huzuridagi Barqaror rivojlanish markazi BMTning axborot boʻlimi bilan hamkorlikda Xalqaro koʻngillilar kunini nishonlash arafasida “Koʻngillilik”(volontyorlik) mavzusidagi eng yaxshi insho yoki hisobot uchun talabalar tanlovini e’lon qiladi.

Mavzu yoʻnalishlari:

  • Oʻzbekistonda koʻngillilikning madaniy va tarixiy kelib chiqishi;
  • O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasi davrida ko‘ngillilik;
  • Koʻngillilik: bu koʻngillilarning oʻziga nima beradi?
  • Imkoniyati cheklangan odamlar yoki nogironlar va koʻngillilar;
  • Yoshlarning fuqarolik jihatidan shakllanishida koʻngillilikning ahamiyati;
  • Barqaror taraqqiyot maqsadlarini ilgari surish va koʻngillilik.

Insho tillari – oʻzbek, rus, ingliz.

Shrift Times New Roman 12, qator oraligʻi 1,5.

Belgilar soni – 5000 dan ortiq boʻlmasligi kerak.

Muddat — 2022-yil 5-dekabr.

Eng yaxshi insho mualliflari Xalqaro ko‘ngillilar kuni marosimida taqdimot qilish va Barqaror rivojlanish markazi hamda BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasining maxsus sertifikati va sovg’asiga ega bo‘ladilar.

Insholarni elektron shaklda yuborish uchun manzil: ltashpulatova@uwed.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 2 =