TALABALAR UCHUN “MEDIA CITY” VIKTORINASI

21.10.2020

Media-savodxonlik bo‘yicha Edewton – 2020 g‘olibi hamda Psixologiya, biznes va media assotsiatsiyasi O‘zbekiston, Qozog‘iston talabalarini «Media City» viktorinasida ishtirok etishga taklif qiladi.

Mazkur viktorina yoshlarning savodxonligini oshirish, talabalarni ommaviy axborot vositalari va axborot savodxonligini o‘rganishga jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Unda qatnashish bepul.

Viktorinada O‘zbekiston va Qozog‘istonda joylashgan universitetlarning barcha talabalari ishtirok etishi mumkin.

Finalda g‘alaba qozongan jamoa O‘zbekiston va Qozog‘iston media-ligasining 2020-yilgi eng kuchli jamoasi, deb e’lon qilinadi.

Har ikki mamlakatdagi saralash bosqichlarida cheklanmagan miqdordagi jamoalar ishtirok etishi mumkin.

Chorak final natijalariga ko‘ra, har bir mamlakatda 8 ta eng yaxshi jamoa saralanadi. Yarim finalchilar elektron pochta orqali 2-noyabr kuni seriyani davom ettirishga taklifnoma olishadi.

O‘zbekistondagi yarim final 21-noyabrda, Qozog‘istondagisi 14-noyabrda bo‘lib o‘tadi. Yarim final o‘yinlari tashkilotchilar belgilagan vaqtda onlayn tarzda o‘tkazilishi belgilangan.

Yarim final natijalariga ko‘ra, har bir mamlakatdan to‘rt jamoa finalga yo‘l oladi. Final 28-noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Viktorina uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

To‘liq ma’lumotni keyingi havoladan olishingiz mumkin: https://mediacity.bitrix24.site/

Loyiha AQShning Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) moliyaviy ko‘magi bilan Internews tomonidan amalga oshiriladigan Markaziy Osiyo MediaCAMP (https://ru.internews.kz/mediacamp/)dasturi doirasida shakllantirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

2 + twelve =