TALABALAR UCHUN MUKOFOT JAMG‘ARMASI 100 000 AQSH DOLLARI BO‘LGAN TANLOV E’LON QILINDI

14.09.2019

Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda talabalar orasida O‘zbekistonda davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha birinchi «mGovAward» respublika tanlovi e’lon qilindi.

«mGovAward» tanlovida ishtirokchilar O‘zbekistondagi mavjud muammolardan birini hal qilishga yordam beradigan mobil ilova yaratishlari kerak bo‘ladi.

Talabalar 5 yo‘nalishda o‘zlarini sinab ko‘rishlari mumkin:

  •  Ta’lim;
  •  Sog‘liqni saqlash;
  • Turizm;
  • Transport va logistika;
  • Biznes va G2B.

Tanlovning asosiy mezonlari: ilovaning samaradorligi, uning innovatsionligi va foydalanishda oddiyligi.

Tanlovga arizalarni qabul qilish joriy 26-sentabrda AKT haftaligi doirasida boshlanadi.

Tanlov mukofot jamg‘armasi – $100,000:

1-o‘ringa – $50,000;
2-o‘ringa $30,000;
3-o‘ringa $20,000.

Shuningdek, g‘oliblar Birlashgan Arab Amirliklariga bepul sayohat va IT-Park inkubatsiya dasturida bevosita qatnashish huquqini qo‘lga kiritadilar.

2019 yil 26-sentabrda «O‘zekspomarkaz» MKK AJda bo‘lib o‘tadigan «mGovAward» konferensiyasida tanlov haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
Tanlov veb-sayti: www.mgovaward.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

три × 5 =