Muddati: 2020-yil 31-dekabr
Mamlakat: Germaniya, Kayzerslautern.
Stajirovka muddati: 12-14 hafta.
Maks Plank dasturiy ta’minot tizimlari instituti iqtidorli va eng yaxshi bakalavriat, magistratura va doktorantura talabalariga stajirovka o‘tashni taklif etadi. Stajirovka tadqiqot dasturi shaklida amalga oshiriladi. Stajyorlar esa doktorantlar va universitet professor-o‘qituvchilari bilan tadqiqot olib borish orqali turli muammolarni hal qilishadi.
Har yili stajirovka uchun cheklangan miqdordagi joylar mavjud bo‘lib, nomzodlar o‘z sohalarida raqobatbardosh bo‘lishlari kerak.
Imtiyozlar:
Tanlangan nomzodlar stajirovka paytida oylik stipendiya olishadi. Institut ularni bepuluy-joy bilan ta’minlab, institutgacha yo‘l xarajatlarini qoplaydi.
Afzalliklari:
Stajirovkani muvaffaqiyat bilan o‘tgan stajyorlar odatda yetakchi ilmiy konferensiyalarda hammualliflikda ilmiy maqola chop etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Batafsil: https://www.mpi-sws.org/research-careers/#internships
No Comments so far
Jump into a conversationNo Comments Yet!
You can be the one to start a conversation.