TA’LIM SIFATI YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI

23.02.2024

“Ta’limda sifatni oshirish bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. 2024-yilda ta’lim sifatini oshirish orqali tizimni yangi bosqichga olib chiqamiz «, – OTFIV vaziri Kongratbay Sharipov.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida oliy ta’lim va tizim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda belgilangan ustuvor vazifalar, xususan, professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarishlar qilish, ta’lim sifatini oshirish, professional va oliy ta’lim muassasalarini ish beruvchilar bilan hamkorligini tashkil qilish choralari hamda investitsiya, eksport va xalqaro hamkorlik sohalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar muhokama etildi.

Oliygohlar rektorlari, kollej va texnikumlar direktorlari oldiga har bir yo‘nalish hamda mutaxassisliklar bo‘yicha ish beruvchilarning talablarini doimiy o‘rganib borish tizimini yo‘lga qo‘yish va ular bilan hamkorlikni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarida umumiy hisobda 630,1 ming nusxadagi o‘quv adabiyotlar yetishmasligi ko‘rsatilib, mas’ullarga aniq va fundamental fanlar bo‘yicha zamonaviy darsliklar tayyorlash choralarini ko‘rish topshirildi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × two =