TA’LIM SOHASIDA SINGAPUR TAJRIBASIDAN FOYDALANILADI

01.03.2024

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegatsiyasi Singapurda Marshall Cavendish Education tashkiloti vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, xususan, Singapurning ta’lim sohasidagi tajribasi asosida o‘qituvchilar malakasini oshirish, dars jarayonlarida zamonaviy metodika va darsliklardan foydalanish, maktab ta’limi sohasida sun’iy intellekt bilan ishlash yo‘nalishini o‘rganib chiqish bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi.