TARJIMASHUNOSLIK SOHASINING MUAMMOLARI, YECHIMLARI VA ISTIQBOLLARGA QARATILGAN XALQARO ILMIY KONFERENSIYA BO’LIB O’TDI

01.06.2022

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2022 yilning 31 may kuni «Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli anjuman tarjimonlik fakul’teti, ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi, hamda O‘zDJTU qoshidagi tarjimashunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot instituti, chet tillarni o‘qitish metodikasi ilmiy-tadqiqot instituti, nazariy va amaliy tilshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etildi.

Anjumanning ochilish marosimida O‘zDJTU rektori Ulug‘bek Botirovich Azizov so‘zga chiqib, anjumanning muhimligi shundaki, tarjima nazariyasi va amaliyoti sohasidagi muammolarini muhokama qilish uchun bugungi tadbir qulay ilmiy platforma vazifasini o‘taydi deya ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda xorijlik va O‘zbekistonlik taniqli olimlar, katta tajribaga ega amaliyotchi tarjimonlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi. Anjuman ishida yurtimizda faoliyat yuritayotgan Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Jahongir Alam, Hindiston Elchixonasining Lal Bahodir Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi rahbari professor Chander Shekhar, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, akademik Tursunali Qo‘ziev, O‘zbekistonning Bangladesh va Hindiston davlatidagi sobiq elchisi, yetuk tarjimon Sur’at Mirkosimovlarning ishtiroki anjuman nufuzini yanada oshirdi.

Shuningdek, ma’ruzachilar Samarqand Davlat chet tillar instituti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi xalqaro adabiy aloqalar va badiiy tarjima bo‘limi yetakchi mutaxassisi shoir, tarjimon, «Do‘stlik Ordeni» sohibi Nikolay Il’in, O‘zDJTU professori Elmira Denisovna Muratova, O‘zDJTU qoshidagi chet tillarni o‘qitish metodikasi ilmiy-tadqiqot instituti direktori Aziz Raxmonov, O‘zDJTU professori Xushnuda Samigova, O‘zDJTU ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi dosenti, taniqli tarjimon, «Do‘stlik Ordeni» sohibasi Begoyim Xolbekova, O‘zbekiston xalqaro Islom Akademiyasi chet tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Ulug‘bek Yo‘ldoshevlarning tarjimashunoslikning dolzarb masalalari haqidagi chuqur ilmiy-tahliliy ma’ruzalari anjuman ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

two × one =