«TARJIMASHUNOSLIK VA LUG’ATSHUNOSLIK» ILMIY-AMALIY MARKAZI TASHKIL ETILDI

18.02.2024

O’zbekiston davlat jahon tillari universitetida ilk bora «Tarjimashunoslik va lug’atshunoslik» ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi.

Universitet rektori I.M.Toʻxtasinov markazning ochilish marosimida soʻzga chiqib, yangi ilmiy-amaliy markazi barcha uchun manfaatli boʻlishiga ishonch bildirdi.

Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi qoshida tashkil etilgan ushbu markaz badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni xorijiy tillardan o’zbek tiliga va o’zbek adabiyotini chet tillariga tarjima qilishga qaratilgan.

Markazning ochilish marosimiga germaniyalik mehmonlar: Germaniyaning Toshkentdagi Gyote instituti rahbari o’rinbosari Walter Sabiel, Germaniyaning O’zbekistondagi hamkor PASH maktablari koordinatori Simon Krechmer va bir qator professor oʻqituvchilar tashrif buyurdi.

Hudud-MY5 TV

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

4 − one =