TARJIMONLIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA TURISTIK FIRMALAR BILAN HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

25.03.2024

Namangan viloyatida turizm va tarjimonlik sohasi rivojlanishida yoshlar, xususan, Namangan davlat chet tillari instituti talabalarining hissasini oshirish maqsadida “Mazali travel” tur firma operatorlari bilan hamkorlik tadbiri tashkil etildi.

Jarayonda gid va tarjimonlik sohasining ko’lami, tumanlarda turizmni rivojlantirish va ushbu sohadagi bilimlarni oshirish bilan birga milliylikka ham alohida urg‘u berish lozimligi kabi masalalarda so‘z bordi.

Shuningdek, viloyatda o‘tkazilishi kutilayotgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali oldidan tuman hududida uy mehmonxonalarini tashkil etish va bu borada nimalarga e’tibor qaratish lozimligi doirasida taklif va mulohazalar almashildi.