OZARBAYJON TIL VA MADANIYAT MARKAZI OCHILDI

14.12.2023

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon til va madaniyat markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov, “O‘zbekiston–Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori Erkin Nuriddinov hamda Ozarbayjon Respublikasidan tashrif buyurgan TDSHUning hamkor universitetlari vakillari ishtirok etdilar.