“TECHGIRLS – 2020” DASTURI UCHUN ARIZALAR QABULI BOSHLANDI

18.11.2019

TechGirls – Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan yosh qizlarni ilm-fan va texnikaga jalb qilish uchun mo’ljallangan xalqaro yozgi almashinuv dasturi hisoblanadi.

Dasturning asosiy maqsadi Amerika Qo’shma Shtatlarida to’rt haftalik tajriba almashinuv bo’lib, interaktiv texnologiya va kompyuter lageri sifatida faoliyat olib boradi. Bu dastur ishtirokchilarga kodlash va kiber xavfsizlik kabi texnologiya bilan bog’liq mavzularni chuqur o’rganish imkonini beradi va ularni 45+ soatlik qo’llanma bilan ta’minlaydi.

Nomzodlarni saralash jadvali:

  • 15-noyabr, 2019-yil: TechGirls – 2020 dastur ochiladi;
  • 15-yanvar, 2020-yil: TechGirls – 2020 dastur yopiladi;
  • Fevral, 2020-yil: yarim finalchilar bilan elektron pochta orqali aloqa qilinadi;
  • Aprel, 2020-yil: yakuniy qarorlar qabul qilinadi;
  • 6-iyul –1-avgust, 2020-yil: Qo’shma Shtatlarda TechGirls dasturi bo’lib o’tadi.

Dasturda nomzod sifatida 15-17 yosh oralig’idagi qizlar qatnashishlari mumkin.

Dastur haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin: https://uz.usembassy.gov/education-culture/exchange-programs/techgirls/

2 Comments so far

Jump into a conversation
  1. Hilola Normatova
    #1 Hilola Normatova 16 Noyabr, 2023, 21:25

    what about the Tech Girl

    Reply this comment
  2. Hilola Normatova
    #2 Hilola Normatova 16 Noyabr, 2023, 21:27

    I’d like to make something

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

four × 3 =