TECHGIRLS — QIZLAR UCHUN XALQARO YOZGI ALMASHINUV DASTURI

18.11.2021

TechGirls — Amerika Qo’shma Shtatlari, Markaziy Osiyo, yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan yosh ayollarni ilm-fan va texnologiya sohasida keng imkoniyatlarni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro yozgi almashinuv dasturi.

Dasturning asosiy qismi ishtirokchilarga kodlash va kiberxavfsizlik kabi texnologiyalar bilan bog’liq mavzularni chuqur o’rganish imkonini beruvchi haftalik texnologik lager bo’lib, ishtirokchilar 45 soatlik amaliy mashg’ulotlarga jalb qilinadi.

Ariza beruvchilar dastur boshlanish davrida 15 dan 17 yoshgacha bo’lishi kerak.

Muhim: agar 2021-yil 1-iyun kuni nomzod 15 yoshdan kichik yoki 17 yoshdan katta bo’lsa, dasturda qatnasha olmaydi.

TechGirls dasturi uchun onlayn arizalarni qabul qilish muddati 15-yanvar 2022-yil. Arizalar ingliz tilida to’ldirilishi va quyidagi havola orqali topshirilishi kerak: http://legacyintl.org/techgirls/

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

20 − eight =