«TEKNOFEST 2024» TANLOVIGA ARIZALAR QABULI DAVOM ETMOQDA!

26.01.2024

2018-yildan beri 🇹🇷 Turkiya Respublikasida o’tkazilayotgan «Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali» texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

«TEXNOFEST» bilan «Kelajak Sensan» shiori bilan nufuzli musobaqalarida yuqori natija koʻrsatgan texnologiya ixlosmandlariga 30 million turk lirasi mukofot va 55 million turk lirasidan ortiq moddiy yordam beriladi.

Maktab va o‘rta maxsus ta’lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi o’quvchilar va bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot.