«TESOL METHODOLOGY COURSE 2024» DA ISHTIROK ETING!

18.12.2023

Agar siz TESOL metodologiyasini o’rganishga qiziqsangiz, unda AQSh universitetlaridan biri tomonidan ishlab chiqilgan ushbu onlayn kursda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Kurs tafsilotlarini ko’rib chiqing va AQShning Toshkentdagi elchixonasi Mintaqaviy ingliz tili idorasi orqali Professional English Network (OPEN) onlayn dasturi uchun ro’yhatdan o’ting.

Kursda ishtirok etishga qiziqqan Ingliz tili mutahassislari 2024-yil mart oyida boshlanadigan 8 haftalik kurslarda ishtirok etish uchun ushbu shaklni 2024-yil 10-yanvargacha to’ldirishlari kerak.

Savollaringiz bo’lsa elektron pochta orqali TashkentRELO@state.gov manziliga xat yuboring va mavzusi qismida «OPEN Program» belgilashni unutmang.