TILLAR HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

02.06.2022

Bugungi kunda dunyoda 6 mingdan ortiq turli tillar mavjud. Ular orasida eng murakkab, eng keng tarqalgan va boshqa «eng», «eng», «eng» xususiyatlilari mavjud. Quyida ba’zi til yozuvlari va qiziqarli faktlar haqida gapiramiz:

  • Dunyodagi tillarning umumiy soni 6500 mingga yaqin. Bulardan 2000 dan ortig’i 1000 dan kam odam muloqot qiluvchi tillar sirasiga kiradi.
  • ESKIMOS tilida «QOR»so’zining 20 dan ortiq sinonimlari mavjud.
  • Hind tilidan tarjima qilinganda KANADA so’zi «KATTA QISHLOQ» degan ma’noni anglatadi.
  • Alifboning hozirgacha saqlanib qolgan eng qadimgi harfi — «O».
  • Tinch okeanidagi Bugenvil orolining aholisi faqat 12 harflari bo’lgan tilda muloqot qiladi. Ushbu tilning alifbosi lotin alifbosi asosida ishlab chiqilgan va a, e, g, i, k, o, p, r, s, t, u, v harflarini o’z ichiga oladi.
  • Afrika qit’asida 1000 dan ortiq turli tillar mavjud. Shimoliy Afrikadagi berberlarning tili hatto yozma shaklga ega emas.
  • ALMOST — barcha harflari alifbo tartibida joylashtirilgan ingliz tilining eng uzun so’zidir.
  • Qadimgi Misrda O’RIK — «QUYOSHLI TUXUM» deb nomlangan.
  • Ingliz tilida MONTH, ORANGE, SILVER va PURPLE so’zlarining qofiyadoshlari mavjud emas.
  • «RHYTHMS» va «SYZYGY» — hech qanday unli harfga ega bo’lmagan eng uzun inglizcha so’zlar.

Nozima SOATALIYEVA tayyorladi,
O’zDJTU talabasi

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

seventeen + fifteen =