“TIMES HIGHER EDUCATION” TASHKILOTI RAHBARIYATI ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

30.10.2023

30-oktabr kuni Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligida “Times Higher Education” xalqaro reyting tashkiloti rahbariyati – Phil Baty, Elizabeth Shepherd, Lachyn Italmazova ishtirokida respublika oliy ta’lim tashkilotlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda Toshkent shahrida joylashgan 14 ta oliy ta’lim muassasasidan 57 nafar hamda hududlardagi 63 ta oliygohlardan 135 nafar xalqaro reyting bo‘yicha mas’ul xodimlar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Seminar davomida oliy ta’lim muassasalari reytingining ahamiyati haqida ma’lumot berilib, respublika oliy ta’lim tashkilotlarining joriy ilmiy-pedagogik faoliyati tahlil etildi. Shuningdek, mavjud muammolar va istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 + five =