TOEFL ITP IMTIHONI UCHUN TALABGORLARNI RO‘YXATGA OLISH DAVOM ETMOQDA

08.01.2024

Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan TOEFL ITP imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olinmoqda.

Ro‘yxatdan o‘tish 18-yanvarga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” bo‘limi) orqali amalga oshiriladi.

Imtihonlar Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida (Mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) o‘tkaziladi va natijalar o‘sha kuni ma’lum bo‘ladi. Ma’lumot uchun, mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68