TOKIONING SOKA UNIVERSITETIDA JOYLASHGAN NAVOIY HAYKALI POYIGA GULCHAMBAR QOʼYILDI

09.02.2024

Аlisher Navoiy tavalludining 583 yilligini Yaponiyada keng nishonmoqda.

Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 583 yilligini Yaponiyada keng nishonlash maqsadida Tokioning Soka universiteti hududida joylashgan Navoiy haykali poyiga gulchambar qoʼyish marosimi oʼtkazildi.

Аlisher Navoiyning haykali universitet hududida 2004-yilda oʼrnatilgan boʼlib, oʼzbek va yapon xalqlari oʼrtasida tarixiy Buyuk ipak yoʼli bilan bogʼlangan madaniy muloqotning oʼziga hos ramziga aylangan.

Universitet rektori Suzuki Masashi bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari masalalari muhokama qilindi va yaqin aloqalarni faol rivojlantirishga kelishildi.