TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI KOREYASHUNOSLIK FAKULTETINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

08.04.2019

Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inomjon Majidov, Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yong Vu, Koreya fondi raisi Li Si Xyung, Koreya ta’lim markazi direktori O Gi Yol, Koreyaning xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) direktori Son Song Il, Sejong koreys instituti direktori Xo Son Xong va boshqalar ishtirok etdi. 

Tadbir davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Koreya fondi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, TDShIga Janubiy Koreyadan o‘qituvchilar dars berish uchun keladi.
Ma’lumot o‘rnida, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Koreyashunoslik fakulteti 2018 yil 2 iyulda ochilgan va fakultetda «Koreys filologiyasi», «Koreya iqtisodiyoti va siyosati» hamda «Koreya tarixi va madaniyati» kafedralari faoliyat olib bormoqda.

Hozirda fakultetda 7 nafar koreyalik professor-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda. Fakultet Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Temur
    #1 Temur 17 Iyul, 2020, 22:04

    Salom test kars tilida bulsa juda

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

19 − 19 =