TOSHKENT DАVLАT SHАRQSHUNOSLIK UNIVERSITETI TАSHKIL ETILDI

17.04.2020

“Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident qarori eʼlon qilindi.

Qaror bilan Toshkent davlat sharqshunoslik instituti negizida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tashkil etildi.

2020/2021 oʼquv yilidan boshlab:

  • Universitetga talabalarning bilimini baholash hamda oʼquv jarayonining amaliyot bilan integratsiyalashuvini taʼminlash tizimini ishlab chiqish va tasdiqlash huquqi beriladi;
  • taʼlim jarayoni bosqichma-bosqich kredit-modulь tizimi asosida amalga oshiriladi;
  • xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda tashkil etiladigan qoʼshma taʼlim dasturlarining oʼquv rejalari va fan dasturlari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlanadi;
  • Universitetda sharq tillari oʼqitiladigan taʼlim muassasalari oʼqituvchilari uchun doimiy faoliyat yurituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tashkil etiladi hamda kurslardan muvaffaqiyatli oʼtgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi;
  • Universitetga oʼqishga qabul qilishda sharq tillaridan (turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʼur, yapon tillari) topshiriladigan koʼp balli tizim boʼyicha imtihonlar oʼrniga test sinovlari oʼtkaziladi;
  • ushbu tajriba boshqa tillar (ispan, italьyan, tojik, qozoq, turkman, qirgʼiz tillari va boshqalar) boʼyicha respublikadagi barcha davlat oliy taʼlim muassasalariga oʼqishga qabul qilishda joriy etiladi.

Batavsil: www.edu.uz

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − 6 =