TOSHKENT MDHNING BIRINCHI YOSHLAR POYTAXTI NOMIGA SAZOVOR BO’LDI

16.04.2024

2024 yil 15 aprel kuni Toshkent shahari Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining Yoshlar poytaxtiga aylandi. Bu haqidagi qaror o‘tgan yili Sochida MDH Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida qabul qilingan edi.

Tantanali marosimda O‘zbekiston, Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qo‘rg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Toshkent MDHning birinchi yoshlar poytaxti bo‘lishi to‘g‘risida qaror 2023-yil 8-iyun kuni Sochida mustaqil davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari Kengashining «MDHning yoshlar poytaxti» xalqaro loyihasini amalga oshirish bo‘yicha yig‘ilishida qabul qilingan.

Muhim voqea munosabati bilan Yoshlar ijod saroyida maxsus monument ochildi.

Marosim ishtirokchilariga MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ham murojaat yo‘lladi.

U o‘z so‘zida ko‘pmillatli Toshkent Hamdo‘stlik shaharlari ichida birinchi bo‘lib MDH Yoshlar poytaxti degan yuksak maqomini olganini alohida ta’kidladi.

“Bugun biz imkoniyatlar va yangi ufqlar eshiklarini ochmoqdamiz. Bu loyiha ilhom, almashinuv va hamkorlik maydoniga aylansin”, — deya qo‘shimcha qildi Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Rahimova.