TOSHKENTDA ILK MARTA «TASHKENT BOOK FEST» XALQARO KITOB-KO‘RGAZMA YARMARKASI O‘TKAZILADI

20.09.2019

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda «Tashkent Book Fest» xalqaro kitob ko‘rgazmasini tashkil etmoqda.

Ko‘rgazma joriy yilning 2-4 oktyabr kunlari «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazmalar majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va o‘zbek adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tadbir doirasida yozuvchi, shoir va rassomlar bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi — turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

10 − 5 =