TOSHKENTDA «РУССКИЙ ЯЗЫК В ОТКРЫТОМ ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОСТРАНСТВЕ» KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TADI

30.11.2021

Joriy yilning 9-11 dekabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida «Русский язык в открытом образовательном пространстве» nomli ilmiy-metodik konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Xalqaro ilmiy-uslubiy konferensiya Rossiya Federatsiyasi maorif va O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirliklarining ko‘magida N.P. Ogaryov nomidagi Mordoviya davlat milliy tadqiqot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan tashkil etiladi.

«Русский язык в открытом образовательном пространстве» nomli ilmiy-uslubiy konferensiyasidan ko‘zlangan asosiy maqsad turli ta’lim muassasalarida rus tilini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish, natijalarini baholashga optimal yondashuvlarni izlash va rus tilini o‘rgatish tizimini takomillashtirishdan iborat.

Konferensiyada ishtirok etib, sertifikatni qo‘lga kiritgan umumta’lim muassasalarining rus tili o‘qituvchilariga malaka oshirish tizimida belgilangan shaklda kreditlar taqdim etilib, ushbu sertifikatlar o‘qituvchi ish tajribasini shahar miqyosida ommalashtirilganligiga tenglashtiriladi.

Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchi o‘qituvchilar https://ruconf.mrsu.ru/ sayti orqali barcha ma’lumotlarni olishi mumkin.

Manzil: Toshkent, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, g-9a dahasi, 21-a uy.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

17 + 12 =