TOSHKENTDA UNIVERSITET QOSHIDA OZARBAYJON TIL VA MADANIYAT MARKAZI TASHKIL ETILDI

09.11.2019

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi bilan hamkorlikda Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon til va madaniyat markazi tashkil etildi.

Markazning tantanali ochilish marosimida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi rahbari Samir Abbasov, ToshDO‘TAU rektori Shuhrat Sirojiddinov va ozarbayjonlik ko‘plab adabiyotshunos olimlar, ijodkorlar va o‘zbek olimlari, matbuot vakillari ishtirok etishdi.

Markazda ilk mushoira kechasi mehmoni ozarbayjonlik shoira, davlat arbobi So‘na Valiyeva bo‘ldi. Shoira ozar tilida ajoyib she’rlar o‘qir ekan, uni bemalol o‘zbek o‘quvchisi ham tushuna oladi, negaki, bu ikki qardosh til vakillari uchun tilmoch ham shart emas.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida A.S.Pushkin nomidagi rus tili va adabiyoti hamda turk tili va adabiyoti markazlari faoliyat ko‘rsatib kelgan.

No Comments so far

Jump into a conversation

No Comments Yet!

You can be the one to start a conversation.

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

twenty − 15 =