TOSHKENTDAGI AMERIKA MARKAZI ESSELAR TANLOVINI E’LON QILDI

08.07.2020

Toshkentdagi Amerika markazi “Meni ta’sirlantirgan kitob” mavzusida esselar tanlovini e’lon qildi.

Eng yaxshi insho mavzuga aloqadorligi, yozish uslubi, grammatikadan foydalanish va imlo qoidalariga rioya qilganligi asosida tanlanadi. Barcha insholar original bo’lishi kerak va plagiat uchun tekshiriladi. G’olib elektron pochta xabarnomasiga ega bo’ladi va 2020-yilning 31-iyulida O’zbekistondagi Amerika markazining Facebook sahifasi va ACT Telegram kanali orqali e’lon qilinadi.

Esselar ingliz tilida, 400-500 so’z atrofida bo’lishi lozim.

Ishtirok etish mezonlari:

  • Yoshi 16 yoki undan katta bo’lgan O’zbekiston fuqarosi;
  • Haqiqiy shaxsiy elektron pochtaga ega bo’lishi.

Dedlayn: 2020-yil, 20-iyul.

Ishtirok etish uchun havola: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSc6-MNUV_1-cL0FmKng9wcTu-4WUFIW9r7mJkyhpYtdUzsiMA/viewform

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Gulshan Nurllayeva
    #1 Gulshan Nurllayeva 11 Iyul, 2020, 16:25

    Assalomu alaykum hurmatli jamoa, zoʻr loyihani amalga oshiribsiz, oʻylaymanki bu loyiha hammaga yoqadi. Menga ham yoqdi va men oʻz fikr gʻoyalarim bilan oʻrtoqlashaman. Ishingizga omad hurmatli jamoa.

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

18 − twelve =