TOSHKENTDAGI AQSH ELCHIXONASI BEPUL INGLIZ TILI KURSLARINI E’LON QILADI

23.05.2019

Toshkentdagi AQSH Elchixonasi O’zbekiston Milliy kutubxonasida joylashgan “Amerikaga darcha” xonasida bo’lib o’tadigan bepul ingliz tili kurslariga qabul boshlanganini e’lon qilmoqda.

Uch oy davom etadigan ingliz tili kurslarida 16 yosh va undan oshganlar qatnashishlari mumkin. Sinov topshirishga ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi linkni bosing https://forms.gle/noi5kxtzzxkJHNcG7 .

Ingliz tilni bilish darajangiz boshlang’ich bo’lsa, “English in Use” kurslariga yozilishingiz mumkin. Mazkur kurs ingliz tilini o’rganishni davom ettirish va til malakasini oshirmoqchi bo’lganlar uchun mo’ljallangan.

Agar, ingliz tilni o’rta yoki yuqori darajada bilsangiz, unda “English for Success” kurslariga yozilishingiz mumkin. Ushbu kurs talabalarning universitetlarda muvaffaqiyatga erishishda strategiyalarini ishlab chiqarish va standardlashtirilgan xalqaro TOEFL yoki IELTS kabi imtihon testlariga tayyorlanishlari uchun mo’ljallangan.

Ingliz tili kurslari 2019 yil 5-iyunda boshlanadi.
Kurs haqida to’liq ma’lumot olish uchun: uz.embassy.gov

1 Comment so far

Jump into a conversation
  1. Muhammadamin
    #1 Muhammadamin 8 Noyabr, 2023, 15:09

    ingliz tilini o’rganmoqchiman

    Reply this comment

Your data will be safe!Your e-mail address will not be published. Also other data will not be shared with third person.

sixteen − eleven =